Rasmiy Anqara Moskvaga ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarida milliy valyutadan foydalanish taklifini bildirdi, deb xabar qilmoqda Diydoraziz nashri.
«Men Putinga (Rossiya prezidenti Vladimir Putinga) quyidagi taklifni bildirdim: keling, o‘zaro savdoda mahalliy valyutalarga o‘tamiz, dedim. Sizlardan xarid qiladigan barcha tovarlarga rublda to‘layman, mendan xarid qiladigan narsalaringiz uchun esa turk lirasida to‘lovni amalga oshirasiz, dedim», — deb ta’kidlagan Erdo‘g‘on Istanbul shahrida yangi ochilgan savdo markazida ishtiroki davomida. Erdo‘g‘on, Turkiya savdo-sotiqda milliy valyutaga o‘tish taklifini, shuningdek, Xitoy va Eron tomonga bildirganini ham qo‘shimcha qilgan. «Bu taklif ular tomonidan qabul qilindi», — deb ta’kidlagan Turkiya rahbari.
«Hozirda Markaziy banklarimizga tegishli topshiriqlarni berganmiz va tashqi munosabatlarni bu yo‘lga o‘tkazishga harakat qilamiz», — deb bayonot qilgan Erdo‘g‘on. Toyib Erdo‘g‘on o‘z chiqishi davomida Turkiya fuqarolariga valyuta — bu bosim o‘tkazish quroli ekanligini ta’kidlagan holda, barcha yig‘ib qo‘ygan omonatlarini oltin yoki turk lirasiga almashtirishga chaqirgan. «Nima uchun biz o‘z omonatlarimizni bosim vositasiga aylantirishimiz kerak ekan? Pullarini to‘shagi tagida saqlayotganlarga maslahatim — omonatlaringizni lira yoki oltinga almashtiring. Keling, milliy boyliklarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu Turkiyaga bosim o‘tkazishni xohlayotganlar uchun yaxshigina zarba bo‘ladi. G‘am chekmang, sizlar yutqazmaysizlar», — deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘on. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi