Rossiya, Evropa va Osiyo qurol ishlab chiqaruvchilari qurol-aslaha sotish hajmini oshirmoqdalar. Bu orada AQSh harbiy konsernlarining savdo hajmlari qisqarmoqda, deb aytildi dunyo muammolarini tadqiq qiluvchi Stokgolm instituti (SIPRI) hisobotida.
Hisobotga ko‘ra, dunyoda qurol-aslaha sotish bo‘yicha hali ham etakchi o‘rinni AQSh kompaniyalari egallamoqda: 2015 yilda bu kompaniyalar 209,7 mlrd dollarlik qurol-aslaha sotishgan, bu esa 2014 yildagidan 3 foiz kamroq bo‘lgan. AQSh kompaniyalari ulushiga dunyoda sotilgan butun qurol-aslahaning 56,6 foizi to‘g‘ri kelgan.
Qurol-aslaha sotish bo‘yicha 2-o‘rinni Buyuk Britaniya egallamoqda: britan kompaniyalarining hisobiga 10,6 foiz savdolar to‘g‘ri kelmoqda. 3-o‘rinni Rossiya 8,1 foiz bilan egallamoqda, bu esa 2014 yilga nisbatan 6,2 foizga ko‘proq. 2013 yilda Rossiya kompaniyalari savdo hajmlarini 20 foizga, 2014 yilda esa 48 foizga oshirishgan.
4-o‘rinda 5,8 foiz bilan Fransiya, keyin esa qolgan Evropa davlatlari bormoqda.
Rivojlanayotgan davlatlar orasida Turkiyaning qurol-aslaha savdo hajmi oshayotganligini qayd qilish kerak. 2015 yilda qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi turk kompaniyalari savdo hajmini 2014 yilga nisbatan 10,2 foizga oshirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi