10:57 / 06.12.2016
6 593

Rossiya hukumati xorijdan keluvchi ishchilarning 2017 yildagi kvotasini belgiladi

Rossiya hukumati xorijdan keluvchi ishchilarning 2017 yildagi kvotasini belgiladi

Rossiya hukumati 2017 yilda xorijiy ishchilarni jalb qilishdagi ehtiyoj miqdorini aniqladi. U joriy yildagi talabning 82,7 foizini tashkil etgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

“Federasiya sub’ektlari takliflari asosida 2017 yildagi xorijiy ishchilarni jalb qilish ehtiyoji aniqlandi. Bu – 177 043 kishi bo‘lib, 2016 yildagi talabning 82,7 foizni tashkil etadi”, - deyiladi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangan hujjatda.

Ta’kidlanishicha, qabul qilingan qarorlar ish beruvchilarning malakali xorijiy ishchilarga bo‘lgan talabini qondirish va investision loyihalarni amalga oshirish, jumladan Rossiyada futbol bo‘yicha 2017 yilgi konfederasiyalar Kubogi va 2018 yilgi Jahon chempionati bahslarini o‘tkazishda ko‘mak beradi.

Ma’lumot uchun, mamlakat vazirlar mahkamasi noyabrda 2017 yilda vaqtinchalik yashash uchun kvotalar hajmini 15 mingga qisqartirgandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya hukumati xorijdan keluvchi ishchilarning 2017 yildagi kvotasini belgiladi