AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatining boshqa davlatlar ichki ishiga aralashish siyosatiga barham berish niyatida.
"Tarix saboqlari va barqarorlikka, barcha narsada barqarorlikka ko‘maklashish istagi bizlarni oldinga etaklaydi. Intervensiyalar oqibatida kelib chiqqan boshboshdoqlikning vayron qiluvchi davri, nihoyat tugashi kerak", — degan Tramp Shimoliy Karolinada bo‘lib o‘tgan mitingda.
U, shuningdek, uning ma’muriyati "tuzumlarni ag‘darish" o‘rniga terrorizmga qarshi kurashga tayyor bo‘lgan barcha mamlakatlar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.
"Biz hech narsani bilmaydigan xorijiy tuzumlarga aralashmasligimiz kerak. Buning o‘rniga biz diqqatimizni IShIDni yo‘qotish va terrorizmga qarshi kurashga qaratishimiz kerak. Va biz shunday qilamiz. Bizning maqsadimizga sherik bo‘lgan har qanday davlat hamkorimiz bo‘ladi, biz buni unutmaymiz. Biz do‘stlikni mustahkamlaymiz va yangi do‘stlar qidiramiz", — degan Donald Tramp. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi