Janubiy Amerika bo‘ylab sayohat qilib yurgan italiyalik turist Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri favelalariga adashib kirib qolishi natijasida otib tashlandi, deb xabar qildi "Kun.uz" nashri Reyter agentligining xabariga tayanib.
Polisiya o‘ldirilgan insonning shaxsini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, 52 yoshli Roberto Bardella do‘sti (u ham italiyalik) bilan motosikllarda GPS bo‘yicha harakat qilishgan. Biroq uskuna erkaklarni Rioning eng qashshoq va jinoyatchilar bilan to‘la mavzelariga boshlab bordi.
U erda esa bir guruh qurollangan shaxslar turistlarga qarata o‘q uzishgan va ularni motosikllardan tushishga majburlashdi. Bardella jarohatlar oqibatida halok bo‘lgan bo‘lsa, do‘sti qo‘yib yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rio-de-Janeyroda iqtisodiy tanazzul, ishsizlikning o‘sishi, byudjet etishmovchiligi sabab giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va boshqa uyushgan jinoiy guruh a’zolari tomonidan shaharning ba’zi bir tumanlari to‘laligacha egallab olingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar