IShID terrorchilik guruhi jangarilari Suriyaning Palmira shahriga hujumga bor e’tiborni qaratishdi. Bu holat ular tomonidan Rakkadagi harbiy harakatlar qayta boshlanmasligiga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liq, deb ma’lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.
"AQSh va xalqaro koalisiyaning Rakka tumanidagi faol harbiy harakatlari bahorga qadar to‘xtab qolganini inobatga olib, IShID Palmiraga bo‘lgan hujumga katta kuchini tashladi. Taxminan to‘rt ming terrorchilar texnika bilan", - deya aytib o‘tdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, IShID jangarilari so‘nggi bir sutka davomida Palmiradagi Suriya qo‘shinlari pozisiyalariga bir necha bora hujum uyushtirib ko‘rishgan.
"Shaharga terrorchilarning hujumi uch yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilmoqda: shimol, sharq va janubdan. Hammasi bo‘lib besh mingdan ortiq jangari bunda qatnashmoqda. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Palmira yonida o‘tgan payshanbaga qadar bunday miqdordagi terrorchilar guruhi bo‘lmagan. Aftidan IShID Rakkadagi harbiy harakatlar tiklanmasligiga ishonch hosil qilgan", - deya aytib o‘tgan u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
«Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi