Bryussellik olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, chumolilar o‘zlarining oynadagi aksini taniy olar ekan. Ayrim primatlarga xos ushbu xususiyat odatda o‘zlik va ong borligidan dalolat hisoblanadi, deb xabar beradi «Daryo».
Belgiyalik entomologlar Mari-Kler va Rojer Kammer tadqiqot natijalarini 2015 yilda chop etgan edi. Tajribalar malla chumolilarda o‘tkazildi.
O‘ntacha hasharot ichida oyna bo‘lgan lotokka solib qo‘yildi. Uning qarshisida turgan chumolilar boshlarini va murtlarini qimirlatib, o‘z aksiga tegishga urinar edi.
Chumolilarning ikkinchi guruhi esa shaffof devor bilan bo‘lingan idishga solindi. Bu holda chumolilar shisha to‘siq hamda uning ortidagi boshqa chumolilarga hech qanday e’tibor qaratmadi.
Tajribalarning ikkinchi qismida olimlar hasharotlar boshining oldi qismi — klepiusga buyoq surtdi. Boshida ko‘kish dog‘ni ko‘rgan hasharotlar uni o‘chirishga urindi. Buyoq rangi xitin qobiq singari malla rangda bo‘lsa yoki boshning orqa qismida joylashsa, hasharotlar uni o‘chirishga urinmadi.
Shuningdek, ko‘k buyoq surtilgan hasharotlarga ularning qavmdoshlari hujum qilishi kuzatildi. Bundan olimlar chumolilar qavdoshlarini faqat xemoresepsiya yordamida emas, balki yuzidan ham tanishi haqida xulosa qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!