00:08 / 14.12.2016
7 909

Putin “birinchi muhabbati” haqida aytib berdi

Putin “birinchi muhabbati” haqida aytib berdi

Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaga safari doirasida agar vaqt va imkon topilsa, dunyo dzyudo tashkilotlarini boshqaruvchi “Kodakan” institutiga jon deb borishini ma’lum qildi. Shuningdek, hayotining katta qismi sportning shu turi bilan bog‘liq ekanini aytib o‘tdi. Bu xaqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

“Dzyudoni hech qanday sababsiz mening birinchi muhabbatim, deyish mumkin. Men bundan boshqa sport turlari bilan ham shug‘ullanishni yoqtiraman: tog‘ chang‘isida uchishni ham, suzishni ham. Ayni paytda muzda xokkey o‘ynashni o‘rganyapman. Lekin dzyudo hayotimning bir bo‘lagi, juda katta qismi va men sport bilan shug‘ullanishni aynan dzyudodan boshlaganimdan juda xursandman. Shuning uchun ham men Yaponiyadan juda minnatdorman”, deydi Rossiya rahbari.

Putinning Yaponiyaga safari 15 dekabr kuni boshlanadi. Rossiya rahbarining kun chiqar mamlakatga qilgan avvalgi tashriflarining birida u “Kodakan” instituti sport zaliga tashrif qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin “birinchi muhabbati” haqida aytib berdi