00:53 / 15.12.2016
9 443

Rossiyada "zapret"ga tushganlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

Rossiyada "zapret"ga tushganlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

Federasiya kengashi IIVga u yoki bu qoidabuzarlik sababli Rossiyaga kirishi taqiqlangan MDH davlatlari fuqarolarining "qora ro‘yxati"ni qayta ko‘rib chiqishini so‘ramoqchi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

"MDH mamlakatlari elchilari bu ro‘yxatga arzimagan qoidabuzarlik qilgan ko‘plab kishilar kiritilgani haqida muntazam ravishda o‘z xavotirlarini bildirishadi", — dedi Matvienko Federasiya kengashi yig‘ilishida IIV rahbari Vladimir Kolokolsevga murojaat qilib.

Matvienko gap Rossiya bilan vizasiz tartib o‘rnatgan mamlakatlar fuqarolari haqida borayotganini bildirdi.

Uning taklifi bo‘yicha Federasiya kengashi IIVga migrasion xizmatlar "barcha taqiq ro‘yxatlarini" qayta ko‘rib chiqishi hamda ro‘yxatdagi barcha shaxslarni "mamlakat xavfsizligiga tahdid tug‘dirishi" borasida xolisona baholashi borasida murojaat qiladi.

"Biz keyin IIVdan amalga oshirilgan tadbirlar haqida ma’lumot berishini iltimos qilamiz", — dedi Matvienko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada "zapret"ga tushganlar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi