14:52 / 15.12.2016
7 429

Vladimir Putin Yaponiyaga etib bordi

Vladimir Putin Yaponiyaga etib bordi

15 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaga jo‘nab ketdi. Rossiya rahbarining samolyoti Yamaguti prefekturasidagi Ube aeroportiga qo‘ndi. Aeroportda Putinni Nagato shahri meri kutib olgan. Bu haqda “Izvestiya”ga asoslanib Qalampir.uz sayti xabar bermoqda.

Nagato shahrida Vladimir Putin va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o‘rtasida o‘tkaziladigan muhokamalar uch qismdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Ilk muzokaralar ikki davlat delegasiyasi a’zolari bilan birgalikda tor doirada o‘tkaziladi.

Keyingi muhokamalar Putin va Abe o‘rtasida yakkama-yakka o‘tishi belgilangan. 16 dekabr kuni Vladimir Putin va Sindzo Abe Tokiodagi tadbirlarda ishtirok etadi.

Kreml matbuot xizmati avvalroq, Putin va Abe o‘zaro uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy masalalarga asosiy urg‘u berishlari haqida xabar qilgandi. Shuningdek, hududiy mavzuga oid muammo ham muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif oldidan Vladimir Putin Yaponiya bilan chegara xususida tinchlik shartnomasini imzolashga harakat qilishi haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin Yaponiyaga etib bordi