Xitoy moliya vaziri o‘rinbosari Chju Guan’yao AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp olib borayotgan siyosat mamlakatlar o‘rtasida savdo urushlariga olib kelishi mumkinligini aytib o‘tdi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.
«Xitoy savdo urushlari ro‘y bersa, javob choralarini qo‘llaydi. Ular esa AQShda ish o‘rinlarini qisqarishiga olib keladi. Biroq, biz bu sodir bo‘lishini xohlamaymiz, sababi u har ikki tomonga ham zarar keltiradi», - dedi amaldor.
Uning fikricha, savdo urushlarining davomiyligi bir yildan oshmaydi. Guan’yaoning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning mustahkamlanishiga umid qilmoqda.
Tramp bir necha bor AQShda Xitoydan olib kirilayotgan mahsulotlarga maxsus bojlar solinishi kerakligini ma’lum qilgan. Uning fikricha, bu XXRni yuan kursini oshirishiga majburlaydi. Shuningdek, respublikachi bir necha marta Pekinni AQShning iqtisodiy dushmani deb atagan. Bu ushbu davlatning valyuta siyosati bilan bog‘liq.
Ma’lumot uchun, Trampning inaugurasiyasi 2017 yilning 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. U AQSh prezidenti lavozimida demokrat Barak Obamani alishtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring