Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Suriyaga doir masalalarni gaplashib olish uchun Ostona tayyorligi xususida gapirib o‘tdi. Bu haqda u Rossiya prezidenti Putin hamda Turkiya prezidenti Redjep Tayip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng aytib o‘tgan deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.
“Rossiya va Turkiya prezidentlari bilan suhbatda eng dolzarb xalqaro va hududiy muammolar tilga olingan. Rossiya va Turkiya rahbarlari Suriyadagi tomonlarning muloqotlari Ostonada o‘tishiga xohish bildirishgan. Nursulton Nazarboyev ushbu fikrni qo‘llab, bunday muloqotlar uchun Qozog‘istonda hamma sharoitlar yaratilishini aytib o‘tgan”,-deyiladi xabarda. Nazarboyev Suriyadagi muammoning tinch yo‘l xal bo‘lishi tarafdori ekanligini bildirgan.
16 dekabrda Putin Erdog‘an bilan telefon orqali suhbatda Suriya muammosi ishtirokchilari yangi bir maydonda gaplashib olishlari taklifini bergan. “Masalan, bunday xudud Qozog‘istonning poytaxti Ostona bo‘lishi mumkin. Agar tomonlar rozi bo‘lishsa, biz prezident Nazarboyevga murojjat etib, bu jarayonni qo‘llashini iltimos qilardik»,-dedi Rossiya prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi