7 477
Lavrov Rossiyaning Turkiyadagi elchisiga suiqasd qilinishidan ko‘zlangan maqsad haqidagi fikrlarini bildirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishidan ko‘zlangan maqsadga doir fikrlarini bildirdi, deb xabar qilmoqda "Kun.uz" nashri.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan suhbatida hamda o‘zining televizion murojaatida aytganidek, ushbu vahshiylikni rejalashtirgan va amalga oshirganlarning asl maqsadi Rossiya-Turkiya munosabatlarining normallashuviga barham berishdir», — degan Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Karlovning o‘ldirilishi, Suriyada terrorizmga qarshi samarali kurashga imkon bermaslikni ham maqsad qilgan.
«Bu foyda bermaydigan choralar bilan amalga oshirilmoqda. Bunisi ketmaydi», — deya g‘azablangan Sergey Lavrov.
Avvalroq, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li rossiyalik elchining Turkiyada o‘ldirilishi mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarga ta’sir ko‘rsatmasligiga ishonch bildirgan edi.
19 dekabr kuni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga Anqarada qurolli hujum qilingan edi. U olingan jarohatlardan shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi