11:12 / 20.12.2016
7 185

Rossiya TIV Karlovning o‘limini tasdiqladi va bu hodisani terakt sifatida baholadi

Rossiya TIV Karlovning o‘limini tasdiqladi va bu hodisani terakt sifatida baholadi

Anqaradagi zamonaviy san’at galereyasida Rossiya elchisi Andrey Karlovning otib tashlanishi terakt sifatida baholandi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

U elchining shifoxonada o‘qotar quroldan olingan jarohatlar tufayli jon berganini tasdiqladi.

Ro‘y bergan hodisa haqida mamlakat prezidenti Vladimir Putin xabardor qilingan.

"Prezidentga Rossiyaning Turkiyadagi elchisiga uyushtirilgan hujum haqida ma’lumot etkazildi. Ma’lumot tekshirilmoqda, prezident TIV hamda maxsus xizmatlar hisobotini tinglaydi", degan prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Bundan oldinroq, qotil voqea joyida yo‘q qilingani haqida xabar berilgandi.

Hürriyet nashrining yozishicha, qotil o‘z harakatlarini Suriyadagi xunrezliklarga javob sifatida ma’lum qilgan.

Qotillik videosi mahalliy telekanallardan biri kamerasiga muhrlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya TIV Karlovning o‘limini tasdiqladi va bu hodisani terakt sifatida baholadi