Gambiya prezidenti Yayya Jamme o‘z mandati yakuniga etganidan so‘ng iste’foga chiqishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Kun.uz sayti.
"Men qo‘rqoq emasman. Mening huquqlarimni buzish mumkin emas. Bu mening pozisiyam. Allohdan boshqa hech kim mendan g‘alabani tortib ololmaydi", - deya ma’lum qilgan Jamme.
"Men o‘z vazifamdan ketmayman", - qo‘shimcha qilgan u.
Avvalroq, BMTning G‘arbiy Afrika bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Ibn Chambas Gambiya prezidenti hukumatda 19 yanvar kuni yakuniga etadigan mandatidan so‘ng ham qolsa "jiddiy sanksiyalarga" duch kelishi haqida ma’lum qilgandi.
Gambiyadagi prezidentlik saylovlari 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, muxolif Gambiya Birlashgan demokratik partiyasi nomzodi Adama Barrou saylovchilarning 45,5 foiz ovozini qo‘lga kiritdi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Yayya Jamme esa 36,7 foiz ovoz olgan.
Jamme saylov natijalarini tan olmasligi hamda bu jarayondagi jiddiy qonun buzilishlaridan ranjiganini ma’lum qildi. Gambiya prezidenti natijalarga Yuqori suddagi saylovlarda qarshi chiqmoqchi. Ta’kidlanishicha, Gambiyada hozirgi kunda Yuqori sudning o‘zi yo‘q. Ittifoq esa prezidentda o‘z muddatining so‘nggi kunlarida uning arizasini ko‘rib chiquvchi yangi sudyalarni tayinlash uchun konstitusion huquq yo‘qligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi