Iroqning sobiq etakchisi Saddam Husaynning qatta qizi Rohat CNN telekanaliga bergan intervyusida AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bu lavozimda o‘zidan avvalgi prezidentlardan farq qilishiga umid bildirdi.
"Men ko‘rgan narsa shuki, bu odamda yuqori darajadagi siyosiy hissiyot bor, bu uni o‘tmishdoshlaridan jiddiy farqlaydi. U o‘zgalar xatosini, ayniqsa Iroq borasidagi xatolarni ko‘rsatdi, bu esa u Iroqda sodir etilgan xatolar va mening otam bilan nima yuz berganini bilishini anglatadi", deb aytdi Rohat.
Husayn qizining aytishicha, u otasi qatl etilishining videoyozuvini hech qachon ko‘rmagan va buni hech qachon qilmaydi. Uning aytishicha, bu qatlning "xunukligi va og‘riqligiga" qaramasdan, uning otasi "mardonavor o‘lim" topgan.
Tramp o‘z nutqlarida Husaynni "yomon yigit bo‘lsa ham, terrorchilarni boplab o‘ldirgan" deya ta’riflagan.
Saddam Husayn 2006 yil 30 dekabrda qatl etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar