AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat harbiy ehtiyojlari uchun pul mablag‘lari ajratish bo‘yicha qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda "Kun.uz" nashri.
Mazkur qonun, Rossiya bilan harbiy hamkorlikni chelashni ham nazarda tutadi.
«AQSh mudofaa vazirligining 2017 moliyaviy yilgi ehtiyojlari uchun ajratilgan mablag‘lar AQSh va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik uchun yo‘naltirilishi mumkin emas. Faqatgina, mudofaa vaziri davlat kotibi bilan hamkorlikda Rossiya Ukraina va NATO a’zolarining suvereniteti va hududiy yaxlitligiga nisbatan tahdid qilishga chek qo‘ygani xususida Kongressning maxsus qo‘mitasiga hisobot topshirgan taqdirdagina, bunga yo‘l qo‘yiladi», — deyiladi hujjatda.
Unda ta’kidlanishicha, Rossiya Ukraina masalasi bo‘yicha Minsk kelishuvlarini bajarishi kerak.
Shu bilan birga, hujjatda yozilishicha, «mazkur cheklovlar AQShning qurol-yarog‘lar nazorati va tarqatmaslikka oid hamda boshqa mazmundagi ikki tomonlama va xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qila olmayd».
Qonun bandlari, shuningdek, AQSh va NATOning Afg‘onistondagi harakatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan choralariga nisbatan ham qo‘llanilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi