Rossiya Mudofaa vazirligining Sochidan uchgach aviadispetcherlar bilan aloqaga chiqmagan Tu-154 samolyoti bo‘yicha navbatdagi tafsilotlar ma’lum qilinmoqda.
"Interfaks" agentligi xabariga ko‘ra, samolyot Sochidan Moskva vaqti bilan soat 5:20da parvozga chiqqan va 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qolgan. Uning bortida harbiylar bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Laynerni qidirish ishlari boshlangan.
RIA "Novosti" agentligi aniqlik kiritishicha, layner avvaliga Moskva yaqinidagi "Chkalovskiy" aerodromidan havoga ko‘tarilgan, Sochida esa yoqilg‘i to‘ldirilgan.
"Interfaks"ning aniqlik kiritishicha, samolyot bortida avval aytilganidek, 70 kishi emas, 83 yo‘lovchi va ekipajning 8 a’zosi bo‘lgan.
RF Mudofaa vazirligi Tu-154 radarlardan yo‘qolganini tasdiqladi. Laynerni qidirish ishlariga Krasnodar o‘lkasi va qo‘shni hududlardagi barcha qutqaruv xizmatlari jalb etildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi