Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Krasnodar o‘lkasidagi tog‘lar ustida qulagan. Bu haqda Kun.uz sayti manbalarga asoslanib xabar berdi.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvadan uchib, Sochida yoqilg‘i quyish uchun to‘xtab o‘tgan Tu-154 samolyoti Rossiya hududidan chiqib ketmagan. U Krasnodar o‘lkasidagi tog‘larga qulagan bo‘lishi mumkin», — degan manba.
Samolyot Sochidan Moskva vaqti bilan soat 5:20da Suriyaning Lataqiya shahriga yo‘l olgan va 20 daqiqadan keyin radarlardan yo‘qolgan.
Uning bortida dastlab 70 harbiy bo‘lgani aytilgandi. Keyinroq, samolyotda jami 91 kishi bo‘lgani ma’lum qilindi. Ular ekipajning 8 a’zosi hamda asosiy qismi musiqachilar va jurnalistlardan iborat yo‘lovchilar. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi