Sochidan uchib chiqqach, Qora dengiz hududida qulab tushgan Tu-154 samolyoti 1983 yilda ishlab chiqarilgan samolyot edi. Bu haqda Kun.uz sayti manbalarga asoslanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu samolyot shu vaqtgacha 6689 soatni parvozda o‘tkazgan. Bort raqami RA-85572.
Tu-154 yo‘lovchi samolyoti Rossiyada eng ko‘p foydalaniladigan reaktiv samolyot hisoblanadi. Bunday samolyotlardan 1026ta ishlab chiqarilgan. Bunday samolyotlar ishtirokidagi halokatlar oqibatida 3000 kishi qurbon bo‘lgan.
2014 yilning dekabrida Tu-154 remont qilingan, 2016 yilning sentyabrida esa xizmat qilishga tavsiya etilgan.
Bundan oldingi xabarlarda Sochi yaqinida qulagan Tu-154 samolyoti tajribali uchuvchi Roman Volkov tomonidan boshqarilgani aytilgandi.
25 dekabr tongida Sochidan Suriyadagi Hmeymim aviabazasiga tomon parvoz qilgan Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti radarlardan yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq samolyot qoldiqlari Sochi qirg‘oqlaridan 1,5 km ichkarida topildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring