6 454
Aleksandrov nomli ansambl yakkaxoni yaqinda farzandli bo‘lgani tufayli Tu-154 halokatidan chetda qoldi
Rossiya mudofaa vazirligining halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida Aleksandrov nomli musiqa va raqs ansamblining deyarli barcha a’zolari bor edi. Faqat uch yakkaxon safarga chiqmadi va shu tufayli omon qoldi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Ansambl a’zosi Vadim Ananevning aytishicha, faqat bayan va balalaykada kuy ijro etuvchi musiqachilar safarga chiqqan edi. Uning o‘zi esa yaqinda farzandli bo‘lgani bois uyda qolgan edi.
«Men ansambl rahbaridan qolishga ruxsat so‘radim. Bundan tashqari, ertaga chiqish bor edi, shu bois meni hamda yakkaxonlar Valeriy Gavva va Boris Dyakovni qoldirishdi. Xordagi boshqalar uchib ketgandi», — dedi Ananev.
Samolyot bortida jami 92 kishi bo‘lib, ularning 64 nafari ansambl a’zolari edi. Ansambl rahbari, Termizda tug‘ilib o‘sgan Valeriy Xalilov halok bo‘lganlar orasida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?