21:14 / 25.12.2016
6 870

Turkiyada internet orqali terrorizmni targ‘ib qilgan 1656 kishi hibsga olindi

Turkiyada internet orqali terrorizmni targ‘ib qilgan 1656 kishi hibsga olindi

Turkiyada yarim yil ichida ijtimoiy tarmoqlarda terrorizmni targ‘ibot qilganlikda ayblanayotgan 1656 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

Idorada qo‘lga olinganlarga nisbatan terrorizm, adovat va zo‘ravonlik targ‘ibotiga doir ayblovlar qo‘yilgan. Bundan tashqari, ularning orasida davlat boshqaruvidagi shaxslarni haqorat qilgan kishilar ham bor.

Ichki ishlar vazirli so‘nggi olti oy ichida mamlakat bo‘ylab 3710 kishiga nisbatan tergov ishi ochilganligi, ulardan 1656 nafari sud qarori bilan hibsga olingani haqida ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, 1203 nafar shaxs shartli ravishda ushlab turilibdi, 767 nafari esa so‘roq qilingandan keyin ozod qilingan. 84 nafar gumondor bo‘yicha tergov ishi davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada internet orqali terrorizmni targ‘ib qilgan 1656 kishi hibsga olindi