2016 yilning 31 dekabridan 2017 yilning 1 yanvariga o‘tar kechasi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Reina tungi klubida terakt amalga oshirildi. Bu haqda “Haber7.com” nashriga asoslanib “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Tungi klubda Yangi yil bayrami nishonlanayotgan vaqtda Santa klaus libosidagi qurollangan shaxs klubga kirib, odamlarga qarata o‘q uza boshlagan. Istanbul gubernatori Vasip Shaxinning so‘zlariga qaraganda, terrorchi bir o‘zi bo‘lgan, guvohlar esa ular ko‘pchilik bo‘lganini aytmoqda.
Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning ma’lum qilishicha, terakt natijasida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi yaralangan. Qurbonlardan 16 nafari xorijlik, 5 tasi turk ekani aytilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, teraktni amalga oshirgan shaxs zudlik bilan klubni tark etib, avtomobilda qochgan. “Terrorchini qidirish ishlari davom etmoqda. Umid qilamanki, u tez orada qo‘lga olinadi”, deydi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?