13:26 / 04.01.2017
8 450

Rossiyaning elchisini o‘ldirgan qotil haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi

Rossiyaning elchisini o‘ldirgan qotil haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi

2016 yilning 19 dekabrida Turkiyada Rossiyaning favqulodda va muxtor elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilgani haqida e’tiboringizga qator maqolalarni havola etgan edik. Qotillik bilan bog‘liq tergov va surishtiruv ishlari daom etmoqda.

Xususan, qotilning sobiq hamxonasi bo‘lgan shaxsning kompyuteri ekspertizadan o‘tkazilganida, foydalanuvchi internet orqali Andrey Karlov haqida ma’lumolarni izlagani, uning ishtirokidagi turli videolavhalarni bir necha bor tomosha qilgani ayon bo‘ldi. Bu haqda "TASS"ga asoslanib "Qalampir.uz" yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Rossiya turkiyaliklar nigohida” nomli fotoko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Andrey Karlov nutqini yakunlagach, orqa tarafida turgan shaxs unga qarata o‘q uzgandi. Yaralangan elchi “Gyuven” shifoxonasiga etkazilgan. Biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olishmagan. Qotil Andrey Karlovga o‘q uzgach, bir necha daqiqa davomida ekstremistik g‘oyalar haqida “nutq” so‘zlagan. Taxmin qilishlaricha, aynan shu vaqtda elchi qon yo‘qotgan va shu sababga ko‘ra uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Qotillik sodir etilganidan bir necha soat o‘tib, Turkiya Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu qotillikni 1994 yilda tug‘ilgan, polisiya xodimi Mavlut Mert Oltintosh sodir etgani haqida ma’lumot berdi. Mavlut Mert Oltintosh polisiya tomonidan otib tashlangan.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning turkiyadagi elchisi Andrey Gennadevich Karlov 1954 yilning 4 fevralida Moskvada tug‘ilgan. Karlov Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida 2013 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Turkiya elchisining o‘limi yuzasidan surishtiruv-tekshiruv ishlari hamon davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning elchisini o‘ldirgan qotil haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi