Turkiya polisiyachilari Yangi yil kechasida ro‘y bergan teraktga aloqadorlikda gumon qilib, qo‘lga olgan kishilar soni 23 nafarga etgan. Bu haqda Hurriyet'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus amaliyotlar davomida qo‘lga olinganlar orasida xorij fuqarolari bor.
Bugun Izmir shahrida IShIDga aloqadorlikda gumonlangan 5 kishi qo‘lgan olingan.
Bundan oldinroq, Turkiya TIV rahbari terakt ijrochisi shaxsi aniqlangani haqida ma’lumot tarqatdi.
1 yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Istanbulning Evropadagi qismida joylashgan O‘rtako‘cha tumanidagi tungi klubga Kalashnikov avtomati bilan bostirib kirib, yangi yil bayramini nishonlayotgan kishilarni qirg‘in qildi. Terakt oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar orasida Rossiya, Livan, Liviya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Marokash va Iordaniya fuqarolari ham bo‘lgan. Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda