11:40 / 18.04.2015
8 441

Sabina Mustaeva «Golos. Deti» ikkinchi mavsumi g‘olibasi bo‘ldi (video)

Sabina Mustaeva «Golos. Deti» ikkinchi mavsumi g‘olibasi bo‘ldi (video)

O‘zbekistonlik Sabina Mustaeva «Golos. Deti» shousida tomoshabinlar SMS-ovozlari natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘ldi. Bu haqda «TACC»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

17 aprel kuni bo‘lib o‘tgan final bosqichida Sabinaga loyihaning yana sakkiz ishtirokchisi raqiblik qildi. Murabbiyi Maksim Fadeev bo‘lgan Sabina finalda Crazy qo‘shig‘ini kuyladi.

Eslatib o‘tamiz, Sabina loyihaning avvalgi sonida finalga chiqolmagan edi, biroq «Birinchi kanal» yana bir saralash bosqichini o‘tkazib, yosh iqtidorlarga yana bir imkon berishga qaror qildi.

Bu bosqichda to‘qqiz ishtirokchi qatnashdi. Bular – Daniil Furman, Mariya Mirova, Evdokiya Malevskaya (Dima Bilan jamoasi), Ekaterina Bizina, Katrina-Paula Diringa, Saida Maxametzyanova (Pelageya jamoasi), Alina Arakelova, Elizaveta Marochkina va Sabina Mustaeva (Maksim Fadeev jamoasi).

Har bir ishtirokchi hakamlar e’tiboriga bittadan qo‘shiqni havola qildi. Finalchilarni teletomoshabinlar, telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlar orqali aniqlab berishdi.
Sabina Mustaeva finalda kuylagan qo‘shiq
[media=https://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=gW-JDh_bvrk]

Sabinani g‘oliblik onlari
[media=https://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=EIzsevaXP1E]

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sabina Mustaeva «Golos. Deti» ikkinchi mavsumi g‘olibasi bo‘ldi (video)