20:49 / 18.04.2015
7 297

Putin AQShda saylanadigan har qanday prezident bilan hamkorlik qilishga tayyor

Putin AQShda saylanadigan har qanday prezident bilan hamkorlik qilishga tayyor

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Vesti v subbotu” dasturi efirida Rossiya AQShdagi saylovlarda g‘alaba qozonadigan har qanday rahbar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz.

“Biz AQSh xalqi saylaydigan har qanday davlat rahbari bilan ishlashga tayyormiz. Biz dunyoning yirik va nufuzli davlati bilan hamkorlik qilmoqdamiz”, – degan Putin AQSh prezidentligiga nomzodlardan (Hillari Klinton va Jeb Bush) qay birini ma’qul ko‘rishi to‘g‘risidagi savolga javoban.

Shu bilan birga, Putin ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik masalasi va ayrim xalqaro masalalar bo‘yicha muammolar borligini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, AQShda prezidentlik saylovlari 2016 yilda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin AQShda saylanadigan har qanday prezident bilan hamkorlik qilishga tayyor