AQSh Razvedkasi mamlakat saylov jarayoniga Rossiya tomoni aralashganini uqdiruvchi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) Guccifer 2.0 laqabli xaker va DCLeaks.com sayti ortida turadi. Aynan ular Amerika kompyuter tizimlariga uyushtirilgan kiberhujumlarda asosiy ayblanuvchilar hisoblanadi, deyiladi Kun.uz sayti xabarida.
"Biz katta ishonch bilan aytamizki, Rossiya harbiy razvedkasi – Bosh shtab Bosh razvedka boshqarmasi, ya’ni BRB – Guccifer 2.0 shaxsini va DCLeaks.com saytini xakerlik hujumidan jabr ko‘rgan amerikalik jabrdiydalarga tegishli xabarlarni oshkor qilishda foydalangan", — deyiladi MRB, FQB va AQSh Milliy xavfsizlik agentligining qo‘shma bayonotida.
Amerika razvedkasiga ko‘ra, xakerlik vositasida olingan ma’lumotlar OAV va WikiLeaks saytiga berilgan.
Shu bilan birga, hujjatda aytilishicha, "rossiyalik xakerlar tomonidan buzilgan tizimlar ovozlarni sanash tizimlariga bog‘liq bo‘lmagan".
Rossiya tomoni, shuningdek, Trampga yordam berish uchun Sputnik va RT telekanallaridan ham foydalangan.
"Mahalliy OAV apparatidan tashkil topgan va global tomoshabinlarga mo‘ljallangan RT va Sputnik kabi Rossiya tashviqot mashinalari hamda hukumatga qarashli trollar tarmog‘i ta’sir ko‘rsatish kampaniyasiga poydevor bo‘lgan", — deyiladi hisobotda. govoritsya v doklade.
AQSh razvedkasining ta’kidlashicha, Rossiya AQSh prezidentligi saylovlarida qo‘lga kiritgan tajribasini butun dunyoda qo‘llashni rejalashtirmoqda. "Rossiya AQShdagi prezidentlik saylovi chog‘ida olgan malakasini butun dunyoda, xususan, Amerika ittifoqchilaridagi saylovlarda qo‘llashni rejalashtirmoqda".
Ta’kidlanishicha, "Rossiya maxsus xizmatlari saylovoldi kampaniyasiga ta’sirini o‘z muvaffaqiyati deb hisoblamoqda". “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi