Turkiyaning Turkish Airlines milliy aviakompaniyasi Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida 610ta aviaparvozni bekor qilinganini ma’lum qildi. Bunga noqulay ob-havo, kuchli qor yog‘ishi sabab bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, shu munosabat bilan 6 mingga yaqin aviayo‘lovchi mehmonxonalarga joylashtirilgan, 20 mingga yaqin kishi issiq ovqat bilan ta’minlangan.
Anadolu agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Istanbulning ayrim hududlarida qor qalinligi 40 sm.ga etmoqda. Bosfor bo‘g‘ozi kemalar uchun yopib qo‘yilgan. Avtomobil yo‘llarini muz qoplagani ko‘plab avtohalokatlarga sabab bo‘lgan, ularda bir necha yirik yuk mashinalari ham ishtirok etgan.
Istanbul shahar ma’muriyati, o‘z navbatida, "Zeytinburnuspor" sport markazi binosida 700 dan ortiq uysizlarni to‘plab, ovqat bilan ta’minlagan. Shu bilan birga, qutqaruv xizmati kunu tun ishlayotgani ta’kidlanmoqda, deb yozmoqda Kun.uz sayti. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi