Trampning qizi Ivanka biznesni tark etadi

Dunyo 12-01-2017, 13:22 554
Трампнинг қизи Иванка бизнесни тарк этади

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishganidan so‘ng, uning qizi Ivanka vaqtincha Trump Organization va liboslar hamda aksessuarlar ishlab chiqaruvchi o‘z kompaniyasini tark etadi.

11 yanvarda ma’lum qilinganidek, Ivankaning turmush o‘rtog‘i, Trampning kuyovi Jared Kushner AQSh saylangan prezidentining Oq uydagi katta maslahatchisi bo‘ladi. Ammo, Ivankaning o‘zi Oq uyda ishlamaydi.

"Otam Amerika Qo‘shma Shtatlarining 45-prezidenti lavozimini egallaganidan so‘ng, men Trump Organization va o‘z nomimdagi liboslar va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi kompaniyadan vaqtincha dam olaman. Men ikkala kompaniya boshqaruvi va ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmayman", — deb yozgan Ivanka Facebook sahifasida.

Donald Tramp esa, uning biznesi ikki o‘g‘li Donald kichik va Erik boshqaruviga o‘tishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘illari kompaniyani "malakali" boshqarishadi va u bilan hech narsani muhokama qilmaydi.


Zamin.uz ning Instagram’dagi rasmiy kanaliga obuna bo‘lib, yangiliklardan xabardor bo‘ling.