23:14 / 12.01.2017
7 467

Turkiya parlamenti deputatlari majlisda mushtlashishdi

Turkiya parlamenti deputatlari majlisda mushtlashishdi

Turkiya parlamentining Adolat va taraqqiyot partiyasi va muxolif Xalq-respublika partiyasi deputatlari o‘rtasida mamlakat konstitusiyasiga o‘zgartirish kiritish haqida o‘tkazilgan muhokama chog‘ida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Bu haqda Turkiyaning “NTV” telekanaliga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

Mamlakat bosh qonuniga asosiy o‘zgartirishni asosan Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari kiritishdi. Mushtlashuv esa muxolif partiya vakillari tomonidan tribunani to‘sib qo‘yish harakati vaqtida yuzaga keldi.

Mushtlashuv sabab bir necha kishi jarohat oldi, adolat va taraqqiyot partiyasi rahbar o‘rinbosari Fotih Shahin burnini sindirib olgan. Shuningdek, yuzaga kelgan voqea oqibatida mikrofonlar, stol va stullarga zarar etgan.

Turkiya parlamenti 330 dan ortiq deputat ovoz bergan taqdirda, konstitusiyaga o‘zgartirish kiritishi mumkin. Adolat va taraqqiyot partiyasi va Milliy harakat partiyasi parlamentda 355 ta ovozga ega. Yana ikkita muxolif partiyalar, ya’ni Xalq-respublika partiyasi va Xalqlar demokratiyasi partiyasi deputatlari parlament tizimi emas, prezidentlik tizimini amalga kiritishga qarshi chiqishmoqda. Bu ikki partiya mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni yakkahokimlik o‘rnatishga urinishda ayblashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya parlamenti deputatlari majlisda mushtlashishdi