Bolgariya hukumati butun mamlakat bo‘ylab parranda grippining 63 o‘chog‘ini qayd qildi, 430 mingdan ko‘proq qush zararlangan. Ulardan aksariyati yo‘q qilingan, deb ma’lum qildi Bolgariya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri vazifasini bajaruvchi Desislava Taneva.
Novinite agentligining ma’lum qilishicha, qushlarning eng ko‘p miqdorda zararlanishi Plovdiv shahri yaqinida qayd qilingan. Zararlangan qushlarning asosiy qismi o‘rdaklar bo‘lib, bolgariyalik fermerlar oxirgi mahal bu parrandani ko‘proq etishtira boshlaganlar.
Tanevaning aytishicha, kasallik avj olishining asosiy sababi parrandalar etishtiriladigan fermalarda gigienik me’yorlarga amal qilmaslik hisoblanadi. Mamlakat hukumati muammoni hal qilish uchun 1 mln lev (540 ming dollar) ajratdi, biroq buning uchun 5 marta ko‘proq mablag‘ talab qilinishi mumkin, deb yozadi Kun.uz sayti.
Mutaxassislarning fikricha, epidemiya sababli tuxumlar narxi kamida 10 foizga oshib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi