10:49 / 21.01.2017
8 205

Donald Tramp AQSh prezidenti sifatida Oq uyga keldi

Donald Tramp AQSh prezidenti sifatida Oq uyga keldi

AQShning o‘z vakolatlarini bajarishga kirishgan yangi prezidenti Donald Tramp Amerika etakchilarining bosh qarorgohi – Vashington shahridagi Oq uyga etib keldi.

Oq uy Trampning masofa jihatidan yaqin, ammo vaqt o‘lchovida uzoqqa cho‘zilgan sayrining so‘nggi manzili bo‘ldi. Dastlab u Kapitoliy tepalagidagi Kongress binosi maydonida tantanali qasamyod qildi, so‘ngra bir necha farmonlarni imzoladi va tantanali qabul marosimida qatnashdi.

AQSh prezidenti korteji Oq uyga borishda an’anaviy paradni boshqargan. Tramp rafiqasi Melaniya bilan odamlarni olqishlash uchun bir necha marotaba zirxli mashinadan chiqishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp AQSh prezidenti sifatida Oq uyga keldi