12:57 / 23.01.2017
7 046

Xitoyda 10 soniya ichida 19 bino portlatildi

Xitoyda 10 soniya ichida 19 bino portlatildi

Xitoyning Uxan shahrida maqsadli portlatish natijasida 19 bino buzib tashlandi. Ko‘p qavatli inshoot 10 soniya ichida er bilan bitta bo‘ldi, xabar beradi "Vodiymedia".

Ushbu portlatirish ishlari 21 yanvar kuni kechqurun amalga oshirildi. Binolarni buzish uchun 5 tonna portlatgich ishlatildi. Qo‘porish moslamalarini o‘rnatish uchun 120 mingdan oshiq teshiklar tayyorlandi. Bu orqali qisqa vaqt ichida inshoot parchalab tashlandi.

Nashrning ma’lumot berishicha, buzilgan imoratlarning o‘rnida zamonaviy biznes dahasi bunyod etiladi. Jumladan, bu joyda balandligi 70 metrdan oshuvchi osmono‘par inshoot ham barpo etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda 10 soniya ichida 19 bino portlatildi