11:52 / 26.04.2015
6 253

Google top-menejeri Everestda qor qo‘chkisida halok bo‘ldi

Google top-menejeri Everestda qor qo‘chkisida halok bo‘ldi

Google top-menejeri Daniel Fredinburg Nepaldagi kuchli zilzila oqibatida Everestda sodir bo‘lgan qor qo‘chkisida halok bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.

Fredinburg Google X laboratoriyasining maxfiylik masalalariga javob bergan hamda Everestda Google Street View ni (Google xaritalarini ko‘rishda foydalanuvchilar uchun taqdim qilinadigan manzarali fotosuratlar) yaratish tashabbuschisi bo‘lgan va shaxsan o‘zi tog‘ cho‘qqisiga suratlarni olish uchun kamera bilan ko‘tarilishda ishtirok etgan edi.

“Jamoamizning a’zolaridan biri, Daniel Fredinburgning tog‘ ko‘chkisi oqibatida halok bo‘lganini katta afsus-nadomat bilan ma’lum qilamiz. Jamoaning boshqa ikki a’zosi zilzila paytida lagerni bosib qolgan tog‘ ko‘chkisidan hayot uchun xavfli bo‘lmagan jarohatlar olganlar”, deb aytilmoqda toqqa ko‘tarilishni tashkil qilgan Jagged Globe kompaniyasi bergan xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Google top-menejeri Everestda qor qo‘chkisida halok bo‘ldi