11:47 / 28.01.2017
5 858

Barselonada sayyohlar oqimi cheklab qo‘yildi

Barselonada sayyohlar oqimi cheklab qo‘yildi

Barselona ma’muriyati shahar markazida sayyohlar oqimini cheklab qo‘ydi. Bu haqda El Pais nashriga asoslanib Kun.uz sayti yozmoqda.

Hujjatga ko‘ra, Barselona 4 hududga bo‘linadi.

Birinchi – tarixiy hududda mehmonxonalar soni qisqaradi. Ikkinchisida mehmonxonalar soni avvalgidek qoladi. Yana ikkita hudud yaratilib, bu erda sayyohlarni joylashtirish joylari ko‘payadi. Barselona rahbariyati yangi mehmonxonalarni shahar chetida qurishni taklif qilmoqda, ularni markazda qurish endilikda taqiqlanadi.

Bundan tashqari, shahar rahbariyati sayyohlarni joylashtirishga yangi lisenziyalarni berishni taqiqlab qo‘ydi.

Shahar hokimiyatining bu qarorini shaharliklar ham, sayyohlik sohasi vakillari ham tanqid qilishdi. Ularning fikricha, bu tashabbus shahar iqtisodiyoti, yangi ish o‘rinlari yaratish siyosatiga zarar etkazadi, investisiyalarni qochiradi va huquqiy mavhumlikni yaratadi. 2014 yil ma’lumotlariga ko‘ra, sayyohlik sohasi Barselona yalpi ichki mahsulotining 12 foizini tashkil qilgan.

The Guardian nashrining ma’lum qilishicha, 2016 yilda Barselonaga kelgan sayyohlar soni 32 mln kishini tashkil qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Barselonada sayyohlar oqimi cheklab qo‘yildi