Yaponiya hukumati Nepalga bu erda sodir bo‘lgan kuchli zilziladan jabr ko‘rganlarga xalqaro yordam ko‘rsatish doirasida 70 qutqaruvchidan iborat guruhni yuborishga qaror qildi. Bu haqda Kiodo agentligi'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qutqaruvchilar 26 aprelda Nepal poytaxti Katmanduga Bangkok orqali jo‘nab ketadilar.
Qutqaruvchilar guruhiga polisiyachilar, o‘t o‘chiruvchilar, diplomatlar va Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) xodimlari kiritilganlar. Ular jabrlanganlarni qutqarishda ko‘mak beradilar va bedarak yo‘qolganlarni qidirishda ishtirok etadilar.
Avvalroq Nepal hukumati dunyo hamjamiyatiga 1934 yilda 10 mingdan ortiqroq odamning umrini olib ketgan 8,2 magnitudali zilziladan keyin ro‘y bergan vayronagarchiligi bo‘yicha eng kuchli zilzilaning oqibatlarini bartaraf etishda yordam so‘rab murojaaat qilgan edi. BMT va AQSh Nepaldagi qutqaruv operasiyasini qo‘llab-quvvatlashlari va bu mamlakatga insonparvarlik yordamini jo‘natishlarini ma’lum qildilar.
Nepalda 25 aprelda ertalab 7,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu erda er qimirlashlar Toshkent vaqti bilan 11:11 da qayd qilindi, ulardan keyin yana bir nechta aftershok (asosiy zilzila kuchidan kamroq kuchga ega qayta er qimirlashlar) ro‘y berdi. Zilzila markazi Katmandudan shimoli-g‘arb tomonga 82 km uzoqlikda joylashib, o‘chog‘i 15 km chuqurlikda bo‘lgani qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?