13:59 / 05.02.2017
6 546

Yapon armiyasi IShIDga qarshi kurashda qatnashmaydi

Yapon armiyasi IShIDga qarshi kurashda qatnashmaydi

Yaponiya mamlakat mudofaa kuchlarining IShIDga qarshi operasiyalarda ishtirok etish imkoniyatini istisno qildi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada Pentagon rahbari Jeyms Mettis bilan uchrashuvdan keyin aytdi. Bu haqda "TASS" axborot agentligga tayanib "Kun.uz" xabar bermoqda.

"IShIDga qarshi kurashga kelsak, bizning mudofaa kuchlarimiz bo‘linmalari bunda ishtirok etmaydi. Bosh vazir bu haqda aytgan va bizning fikrimiz o‘zgarmadi", deb aytgan Inada.

Bundan tashqari, Inada Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat keskinlashadigan bo‘lsa, Yaponiya u erga ham armiyasini yubormasligini aytdi.

"Biz AQSh bilan Janubiy Xitoy dengizidagi ishlarning holatini bir tomonlama tarzda o‘zgartirishga urinishlarga qarshi turishga kelishib oldik. Yaponiya u erda tinchlik va barqarorlikni kuch bilan emas, balki qonun ustuvorligi va xalqaro hamkorlikni ta’minlash hisobiga qo‘llab-quvvatlash kerak, deb hisoblaydi", deb ta’kidlab o‘tdi Inada.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yapon armiyasi IShIDga qarshi kurashda qatnashmaydi