13:21 / 07.05.2015
8 903

Jahonning eng yirik kompaniyalari reytingi e’lon qilindi

Jahonning eng yirik kompaniyalari reytingi e’lon qilindi

Forbes jurnali Jahonning eng yirik kompaniyalari reytingini e’lon qildi. Forbes Global 2000 deb nomlanuvchi bu ro‘yxat har yili qayta tuziladi, deb yozadi Kun.uz.
Ro‘yxatning birinchi o‘nligi Xitoy va AQSh kompaniyalaridan iborat. Ro‘yxatni Xitoyning ICBC kompaniyasi boshqarib bormoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Xitoy Qurilish banki, Xitoy Qishloq xo‘jaligi banki, Xitoy banki, so‘ng AQSh kompaniyalari – Berkshire Hathaway, JPMorgan Chase i Exxon Mobil egalladi. Kuchli o‘nlikka PetroChina, General Electric va Wells Fargo kompaniyalari yakun yasadi.
Rossiya kompaniyalari ichida eng yaxshi natijani “Gazprom” ko‘rsatdi – u AQShning AT&T kompaniyasi bilan birga 27-o‘rinni bo‘lishib oldi. Bundan tashqari, “Rosneft” 59, “LUKoyl” 109-o‘ringa munosib ko‘rildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahonning eng yirik kompaniyalari reytingi e’lon qilindi