21:47 / 09.02.2017
9 671

Tezkor xabar: Rossiyaning qiruvchi samolyoti turk askarlarini o‘qqa tutdi

Tezkor xabar: Rossiyaning qiruvchi samolyoti turk askarlarini o‘qqa tutdi

Turkiya Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimi bugun, 9 fevral kuni Rossiya harbiy samolyoti Suriyaning shimolidagi hudidini bombardimon qilish chog‘ida nogahon uchta turk askarlarini o‘qqa tutganligi haqida aytib berdi, deb yozadi “Qalampir.uz” yozmoqda.

Manbaning ma’lumotlariga qaraganda, o‘n bitta turk askari og‘ir tan jarohati olgan. Gap shundaki, Rossiya harbiy havo kemasi Al-Babda joylashgan terrorchilarni o‘qqa tutgan holda, nishondan adashgan va turk askarlari joylashgan binoga qarata raketadan o‘t ochgan. Buni Suriyadagi turk harbiy qism komandiri ham tasdiqlamoqda.

Ma’lumot uchun, bu voqea sodir bo‘lguncha, Turkiya tomoni ikki yil avval, Rossiyaga tegishli Su-24 havo laynerini urib tushirgan edi. Ushbu voqeadan so‘ng, ikki davlatlar o‘rtasidagi munosabat ancha paytgacha qil ustida qolgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tezkor xabar: Rossiyaning qiruvchi samolyoti turk askarlarini o‘qqa tutdi