23:37 / 11.02.2017
5 909

Putin Erdo‘g‘onga turk harbiylari halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

Putin Erdo‘g‘onga turk harbiylari halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi

Bugun Rossiya Federasiyasi prezidenti va Turkiya rahbari Rejep Erdo‘g‘on o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda Suriyadagi inqirozli vaziyat yuzasidan o‘zaro fikr almashilgan. Putin bir qator turk harbiylarining El-Bab tumanida halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi, deyiladi Sharh.uz saytida.

Ma’lumki, avvalroq chorshanba kuni Turkiya bosh shtabi Suriya shimolida 4 nafar turk harbiylarining DAISh terrorchilari bilan to‘nashuvda halok bo‘lgani va 15 nafarining jarohatlanganini ma’lum qilgan.

Turkiya armiyasi o‘tgan yilning 24 avgust kuni Suriya qurolli muxolifati ishtirokida DAISh terrorchilariga qarshi harbiy operasiya boshlagan edi. Dastlab chegaradagi Jarablus shahari ustidan nazoratni qo‘lga olgan, hozirda esa El-Bab shahriga xujum uyushtirmoqda. Turkiya prezidenti Tayip Erdo‘g‘onning aytishicha, harbiy operasiyadan maqsad 5 ming kilometr hududni terrorchilardan tozalash va bu erda qochoqlarni joylashtirish uchun xavfsiz hudud tashkil etishdan iborat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Erdo‘g‘onga turk harbiylari halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi