10:49 / 17.02.2017
6 375

Mozambikka kuchli tropik bo‘ron yopirildi, 7 kishi halok bo‘ldi va 20 ming uy vayronaga aylandi

Mozambikka kuchli tropik bo‘ron yopirildi, 7 kishi halok bo‘ldi va 20 ming uy vayronaga aylandi

Mozambikning sharqiy qirg‘oqlariga chorshanba kuni “Dineo” tropik bo‘roni yopirildi. Buning oqibatida etti kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda Kun nashri.

To‘fon mamlakat poytaxti Maputu shahridan 500 kilometr shimolda joylashgan Inyambane viloyatida istiqomat qiluvchi taxminan 130 ming kishining hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, deb xabar berdi Reyter agentligi. Qariyb 20 ming uy tinimsiz yomg‘ir va kuchli shamol tufayli vayron bo‘lgan.

Hukumatning xabar berishicha, JAR bilan chegaradosh bo‘lgan Gaza viloyatidagi vaziyat bir qadar yaxshiroq. Biroq bu tumanda suv toshqinlari yuzaga kelish xavfi bor, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mozambikka kuchli tropik bo‘ron yopirildi, 7 kishi halok bo‘ldi va 20 ming uy vayronaga aylandi