15:08 / 19.02.2017
6 299

Tramp Amerikaning qator nashrlarini "xalq dushmanlari" deb atadi

Tramp Amerikaning qator nashrlarini "xalq dushmanlari" deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning qator old nashrlarini — ular yolg‘on ma’lumotlar tarqatayotgani sabab — xalq dushmanlari deb atadi, deya xabar qildi sputniknews-uz.com.

"Soxta xabarlarni tarqatayotgan OAV (The New York Times, NBC, ABC, CBS, CNN), — mening emas, Amerika xalqining dushmani!" — deb yozgan Tramp o‘zining Twitterida.

Donald Tramp bunga qadar ham bir necha marotaba Amerika ommaviy axborot vositalarini uydirma xabarlar tarqatishda ayblagan. Xususan, Mehnat vaziri lavozimiga nomzodni tavsiya qilishga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida AQSh prezidenti CNN jurnalistlarini o‘ziga nisbatan "nafrat va noxolis" munosabat uchun qattiq qoralagan edi. Tramp shuningdek, o‘zining Rossiya bilan aloqalari haqidagi xabarlarga "safsata" deya izoh bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Amerikaning qator nashrlarini "xalq dushmanlari" deb atadi