Garvard universiteti olimlari yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo‘lishi haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Amerikalik olimlar qirilib ketgan mamontlarni “qayta tiriltirishlari”ga ishontirmoqda. Olim Jorj Cherch boshchiligidagi guruh qirilib ketgan mamontlarning genlariga Osiyo fillarining xromosomalari yordamida o‘zgartirish kiritishni rejalashtirgan.
Mutaxassislar Osiyo fillari va mamontlarning genlari bir-biriga o‘xshashligini aniqlashdi va mamontning DNKsini Osiyo filiga ko‘chirib o‘tkazishdi. Biologlarning aytishicha, endi ular duragay embrionni yaratishlari mumkin. Ilk duragaylar qalin junli, quloqlari kichkina va dandon tishli fillar bo‘ladi.
Olimlar sovuqqa chidamli, yangi mamontga allaqachon mammophant (inglizcha mammoth - mamont va elephant - fil) deb nom qo‘yishdi. Biologlarning mazkur tadqiqotni o‘tkazishdan maqsadi, bundan to‘rt ming yillar ilgari qirilib ketgan mamontlarni qayta dunyoga keltirish va hozirda kamyob jonivorga aylangan Osiyo fillarini saqlab qolishdir. Cherch 2015 yildan beri mamontlarni qayta tiriltirish bilan shug‘ullanuvchi Woolly Mammoth Revival loyihasining rahbari hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi