16:06 / 19.02.2017
10 813

Novosibirsklik ayolning otib o‘ldirilishini videokamera suratga oldi

Novosibirsklik ayolning otib o‘ldirilishini videokamera suratga oldi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatidagi Kalinin tumanida fojia yuz berdi, deb xabar qildi “Darakchi” nashri.

Hovlilardan birida o‘q otar quroldan ayolga qarata o‘q uzgan“Jip” haydovchisini ko‘chadagi kuzatuv kamerasi suratga oldi. Kadrda mashinadan tushgan erkak ayolga qarata o‘q uzgani, ayol yiqilish jarayonida boshi bilan boshqa mashinaga urilgani aks etgan. Voqea joyiga etib kelgan tibbiyot xodimlari ayolning hayotini qutqarib qololmadilar.

“2017 yilning 15 fevral kuni huquq-tartibot idorasiga Bogdan Xmelniskiy ko‘chasidagi uylardan birining hovlisidan oyog‘i va qornidan yaralangan 37 yoshli ayol topilgani to‘g‘risida xabar berildi”, deb ma’lumot berdi Rossiya federasiyasi hududiy tergov qo‘mitasi.

Mazkur jinoyatni shu tumanda yashovchi, ayolga qo‘shni turuvchi 51 yoshli erkak amalga oshirgan. U jinoyatni sodir etgan paytda mast bo‘lgan. Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Novosibirsklik ayolning otib o‘ldirilishini videokamera suratga oldi