Ijtimoiy tarmoqlarda Avstraliyada tez yurar poezdlardan biri tasodifan rels ustiga chiqib qolgan motosiklchini bosib ketishiga bir bahya qolgani aks etgan video paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Voqea Ballan shahri yaqinida yuz berdi. Temiryo‘l yoqasida turgan motosiklchi rels ustiga chiqib qolgan, uning motosikli temir yo‘l ko‘tarmasiga qisilib qolgan. U motosiklni chiqarishga uringaniga qaramay, foydasi bo‘lmagan. Poezd mashinisti Kolin Sharpning aytishicha, tez yurar yo‘lovchi poezdi soatiga 160 kilometr tezlikda harakat qilgan.
Videoda motosiklchini ogohlantirish uchun poezdning gudok berganini eshitish mumkin. Sharp mazkur videoni barcha qonunbuzarlarga ibrat uchun ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganligini, motosiklchi o‘tmoqchi bo‘lgan joydan 50 metr narida o‘tish joyi borligini ma’lum qildi.
[media=https://youtu.be/hDe-uSrKnC8] “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?