06:53 / 22.02.2017
6 226

Rossiyalik milliarderga megayaxtasi qaytarildi

Rossiyalik milliarderga megayaxtasi qaytarildi

Gibraltarda ushlab turilgan, rossiyalik milliarder Andrey Melnichenkoning megayaxtasi unga qaytariladigan bo‘ldi. Bu haqda Forbes nashriga asoslanib Ku.uz ma’lum qildi.

"Bu yoqimsiz holat yakunlandi. Elkanli yaxta "A" egasining loyihaviy jamoasiga qaytarildi va yaqin orada Gibraltarni tark etadi", dedi vakil.

Yaqindagina suvga tushirilgan 8 palubali Sailing Yacht A yaxtasi Melnichenko uchun Germaniyaning Nobiskrug verfida qurilgan. Aynan verfning da’vosi bo‘yicha kema ushlangan. Verfning ta’kidlashicha, u yaxta egasi Valla Yachts Limited’dan qilingan ishlar uchun oxirgi 9,8 mln evrolik to‘lovni olmagan.

Milliarder vakilining bu holatga izoh berishicha, bunday katta ko‘lamdagi loyihalarda "ba’zida hal qilinmagan masalalar qoladi. Kompaniya 27 yanvargacha talab qilgan 9 mln evrolik summa yaxta egasi va verf o‘rtasida davom etayotgan bahsning bir qismi bo‘lgan".

Nobiskrug talab qilgan umumiy summa 15,3 mln evroni tashkil qiladi, bunda asosiy qarzdan tashqari boshqa moddalar bo‘yicha 2,6 va 2,9 mln evrolik qo‘shimcha qarz ham bor. Kema Gibraltarga yonilg‘i quyish uchun borgan.

Yaxta 8 palubadan iborat bo‘lib, uning machtalari balandligi 100 metrdan ko‘proq. Kema dizel va elektr dvigatellar hisobiga, elkanni ishlatmasdan soatiga 20 uzel (37 km) bilan harakatlana oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik milliarderga megayaxtasi qaytarildi