11:04 / 23.02.2017
5 557

Bugundan rossiyaliklar Armanistonga ichki pasportlari bilan kirishi mumkin

Bugundan rossiyaliklar Armanistonga ichki pasportlari bilan kirishi mumkin

23 fevraldan rossiyaliklar Armanistonga ichki pasportlari bilan kirishlari mumkin bo‘ladi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlarga asosan yuz berdi, deb yozadi Kun nashri.

«Shuni katta mamnuniyat bilan aytishim mumkinki, ertadan boshlab vizasiz safarlar tartibi bo‘yicha kelishuvlarga kiritilgan o‘zgarishlar amal qila boshlaydi. Unga ko‘ra, Rossiya fuqarolari Armanistonga ichki pasportlari bilan borishlari mumkin bo‘ladi», - deya Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning armanistonlik hamkasbi Edvard Nalbandyan bilan 2017 yilning 22 fevral kungi muzokaralari yakuni bo‘yicha bayonotidan iqtibos keltiradi RIA «Novosti».

Avvalroq Rossiya va Armaniston mamlakatlar o‘rtasida ichki pasportlar bilan safar qilish haqida kelishib olganliklari xabar qilingandi. Buni Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ham tasdiqladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bugundan rossiyaliklar Armanistonga ichki pasportlari bilan kirishi mumkin