16:27 / 24.02.2017
7 182

Yaman janubida ro‘y bergan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Yaman janubida ro‘y bergan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Yaman janubidagi Zinjibar shahrida ro‘y bergan portlash oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Minalashtirilgan avtomobil 24 fevral, juma kuni ertalab Nayda harbiy lageriga kirishdagi nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida portladi.

Shundan so‘ng xavfsizlik kuchlari xodimlari va lager hududiga o‘tishga harakat qilgan jangarilar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi.

Mazkur hodisa uchun javobgarlikni hozircha hech bir terrorchi guruh zimmasiga olmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaman janubida ro‘y bergan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi