10:40 / 26.02.2017
10 914

Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi

Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi

Dubayda 2020 yilgacha dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi. U 80 ta qavatdan iborat bo‘lib, ularning har biri markaziy o‘qqa nisbatan aylanib turadi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

U o‘ziga xos mehmonxona bo‘lib, u erda yashaydigan mehmonlar har bir qavatning harakat tezligi va yo‘nalishini oddiy ovozli buyruqlar bilan o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, binoning balandligi 420 metrni tashkil etadi, bu uni Dubayda balandligi bo‘yicha ikkinchi osmono‘par minoraga aylantiradi.

Imorat yaratuvchilarga 355 million dollarga tushadi, ulkan karuseldagi xonadonni esa 30 million dollarga sotib olish mumkin.

Aylanuvchi binoning avtonom tarzda quvvat olishini ta’minlash uchun, uni 79 ta shamol turbinalari va quyosh batareyalari bilan jihozlashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda dunyodagi birinchi aylanuvchi osmono‘par bino quriladi